logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Kroos bir shart bilan "Real"da qoladi

 27 DEKABR, 2023, 14:48

"Real Madrid" yarim himoyachisi Toni Kroos rahbariyatga kelasi mavsumda "qirollik klubi"da qolish shartini qo'ydi.

Germaniyalikning Karlo Anchelotti jamoasi bilan amaldagi shartnomasi mavsum yakunida tugaydi. Jurnalist Xavi Erraesning xabariga ko'ra, yarim himoyachi rahbariyat unga keyingi mavsumda muhim rol o'ynashini kafolatlagan taqdirda yangi shartnoma imzolashga rozi bo'ladi.

Kroos avvalroq mavsum oxirida faoliyatini yakunlash haqida o'ylagandi. Toni joriy Ispaniya chempionatida bitta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ