logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:40
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Enrike - Ispaniya terma jamoasida nimani o'zgartirishi haqida: "Sarabiyani asosiy tarkib futbolchisiga aylantirgan bo'lardim"

 13 DEKABR, 2022, 12:13

Luis Enrike 2022 yilgi jahon chempionatida Pablo Sarabiyani Ispaniya terma jamoasining asosiy futbolchisiga aylantirganini aytdi.

1/8 finalda ispanlar Marokashga imkoniyatni boy berishdi (0:0, pen. 0:3). Yarim himoyachi 118-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va penaltilar seriyasida birinchi penaltini amalga oshira olmadi.

Sarabiya guruh bosqichining uchta o'yinida ishtirok etmadi.

- Agar shunday imkoniyat bo'lganida Marokashga qarshi o'yinda nimani o'zgartirgan bo'lardingiz?

- Menimcha, Sarabiya ushbu jahon chempionatida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishi kerak edi. Evroda u muhim o'yinchi edi, ajoyib o'yin ko'rsatdi. To'g'ri, u deyarli "PSJ"da o'ynamadi, Iordaniya bilan [3:1] o'rtoqlik uchrashuvida unga ilhom etishmadi.

Garchi, baribir yutqazadigan bo'lsa ham, hozir men uni asosiy tarkibda maydonga tushirgan bo'lardim... Lekin, to'g'risini aytsam, u tez-tez maydonga tushishga loyiq edi" - dedi Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR