EChL. "Nyukasl" "Atletik"ka imkoniyat qoldirmadi
6 NOYABR, 2025, 03:00
"Nyukasl" o'z maydonida Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 4-turidan o'rin olgan o'yinda "Atletik"ni mag'lub etdi - 2:0.
Mezbonlar safida Den Bern va Joelinton gol muallifiga aylandi.
"Nyukasl" 9 ochko bilan EChL umumiy jadvalida oltinchi o'ringa ko'tarildi, "Atletik" 3 ochko bilan 27-pog'onada bormoqda.
Keyingi turda "Nyukasl" safarda "Marsel" bilan, "Atletik" esa safarda Praganing "Slaviya" klubi bilan kuch sinashadi.
