"Inter" o'z futbolchisini 50 million evrodan kamiga sotmoqchi emas
13 DEKABR, 2022, 11:06
Denzel Dyumfrisning transfer narxi 2022 yilgi Jahon chempionatidan keyin sezilarli darajada ko'tarildi.
Endi "Inter" 26 yoshli niderlandiyalik futbolchi uchun kamida 50 million evro talab qiladi, deya xabar bermoqda jurnalist Nikolo Skira.
Manbaning xabariga ko'ra, Dyumfrisga "Chelsi" va "Manchester Yunayted" hamon qiziqish bildirmoqda.