Marokash terma jamoasi futbolchisi katta ehtimol bilan faoliyatini APLda davom ettiradi
13 DEKABR, 2022, 11:01
Marokash terma jamoasi va "Fiorentina" klubi yarim himoyachisi Sofyan Amrabat katta ehtimol bilan faoliyatini Angliyada davom ettiradi.
"Liverpul" 26 yoshli yarim himoyachini o'z safiga qo'shib olmoqchi, biroq avvalroq xabar qilinganidek, qishda futbolchi sotib olish nihoyatda qiyin bo'ladi.
"Menimcha, uning Premer-liga klubiga o'tish imkoniyati juda yuqori", - deydi marokashlik jurnalist. "Biroq, qiziqish bildirayotgan jamoalar yozgacha kutishlari kerak, chunki "Fiorentina" uni yanvarda sotmoqchi emas" - deya qo'shimcha qildi.
Sofyan Amrabat joriy mavsum Florensiya jamoasi safida 20 ta o'yin o'tkazdi. Futbolchi jahon chempionatida Marokash terma jamoasiga barcha beshta uchrashuvda qatnashib, yarim finalga chiqishga yordam berdi.