logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

EChL. "Chelsi" safarda "Qorabog'"ni enga olmadi

 6 NOYABR, 2025, 01:54

"Chelsi" Chempionlar Ligasi umumiy bosqich 4-turidan o'rin olgan "Qorabog'"ga qarshi bahsda durang qayd etdi - 2:2.

Uchrashuvning 16-daqiqasida hisobni ingliz jamoasi forvardi Estevao ochdi. Shundan so'ng mezbonlar Leandro Andrade va penaltini aniq amalga oshirgan Marko Yankovichning sa'y-harakatlari bilan ketma-ket ikkita gol urishdi. 53-daqiqada Alexandro Garnacho yana hisobni tenglashtirdi.

"Chelsi" ochkolarini 7 taga etkazib, musobaqa jadvalida 10-o'rinni egallab turibdi. Xuddi shuncha ball to'plagan "Qorabog'" 12-pog'onadan joy olgan.

"Chelsi" Chempionlar ligasidagi navbatdagi o'yinini 25 noyabr kuni o'z maydonida "Barselona"ga qarshi o'tkazadi. Ozarbayjon jamoasi shu kuni "Napoli" mehmoni bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ