Van Gal yarim finalda qaysi terma jamoaga ishqibozlik qiladi?
13 DEKABR, 2022, 10:45
Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal o'z taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
71 yoshli mutaxassis boshchiligida Niderlandiya terma jamoasi chorak finalga qadar etib bordi va Argentinaga penaltilar seriyasida mag'lub bo'ldi. Mag'lubiyatdan so'ng murabbiy nafaqaga chiqqanini e'lon qildi.
Yarim final o'yinlari arafasida van Gal Marokash terma jamoasini qo'llab-quvvatlashini tan oldi: "Umid qilamanki, siz finalga chiqasiz", - dedi niderlandiyalik murabbiy marokashliklarni nazarda tutib. "Men sizni qo'llab-quvvatlayman. Marokashga,olg'a!" - dedi Van Gal Footmercato bilan suhbatda.
Marokash yarim finalda Frantsiyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 15 dekabr kuni bo'lib o'tadi.