logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Real» Vinisiusning kelajagi bo'yicha qaror qabul qildi — Bild

 5 NOYABR, 2025, 23:24

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi rahbariyati braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorni 2026-yilning yozida sotish bo'yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, bu qaror “Barselona”ga qarshi o'yindagi voqeadan so'ng qabul qilingan. Klub prezidenti Florentino Peres futbolchining maydondagi va undan tashqaridagi xatti-harakatlaridan bezor bo'lgan va “hech bir o'yinchi klubdan muhim emas” degan printsipni boshqalarga ko'rsatib qo'ymoqchi.

26 oktyabr kuni bo'lib o'tgan “El-Klasiko”da “Real” “Barselona”ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Vinisius 72-daqiqada zaxiraga olindi. Biroq futbolchi bosh murabbiy Xabi Alonsoning bu qaroridan jahli chiqib, unga qarata: “Nega har doim men? Men klubni tark etaman”, degan gaplarni aytgan. Keyinchalik hujumchi murabbiy va jamoadoshlaridan uzr so'ragan. Biroq rahbariyat futbolchini sotish fikridan qaytmagan.

25 yoshli Vinisius 2018-yildan beri “Real Madrid” sharafini himoya qiladi. U klub bilan uch karra Ispaniya chempioni, ikki karra Chempionlar Ligasi g'olibi bo'lgan. Braziliyalik futbolchi “Real” safida 335 o'yinda maydonga tushib, 111 ta gol va 87 ta golli uzatma amalga oshirgan. U Braziliya terma jamoasi safida ham 43 o'yin o'tkazib, 8 ta gol va 7 ta assist qayd etgan.

Uning klub bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 150 million evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ