Luis Enrike: "Klub futboliga qaytishni istayman"
13 DEKABR, 2022, 04:25
Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike klubni boshqarishni istayotganini aytdi.
“Men klub futboliga qaytishni xohlayman. Ispaniya terma jamoasidagi tajribamdan so'ng yana klubni boshqarmoqchiman”, - deydi Enrike.
JCh-2022da Ispaniya terma jamoasi Enrike boshchiligida 1/8 finalgacha etib borgan va u erda Marokashga imkoniyatni boy bergandi (0:0. Penaltilar – 0:3).