logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Islombek Ismoilov: «Eng muhimi g'alaba qozonish edi, futbolchilar buni uddalashdi»

 5 NOYABR, 2025, 21:24

O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov bugungi bahs xususida fikr bildirdi.

"Og'ir kechgan o'yinda g'alaba qozondik. Bunday turnirlarda raqibdan avval hayajonni engish talab etiladi. Buning ustida juda ko'p ishlar olib bordik. Lekin, shunga qaramay, o'yin davomida yosh futbolchilarda hayajon sezilib turdi.

Hisobdan kelib chiqib o'yinni nazorat qildik. 2:0 hisobida oldinda borayotganimizda kerakli paytda himoyalanishni ham bildik. Bu oldindan o'ylangan reja edi. Futbolchilar murabbiylar shtabi tomonidan belgilangan ko'rsatmalarni to'liq bajarishdi. Buning uchun ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Raqib jismoniy jihatdan o'ta kuchli jamoa. Shundan kelib chiqib biz taktik va o'yinni tezlashtirish choralarini reja qilgan edik. Birinchi taymda bu rejalar amalga oshdi.

Bu futbol. Unda esmotsiyalar bo'ladi. Shu paytgacha JChda o'tkazilgan deyarli barcha futbolchilar emotsiyalarga boy o'tyapti va unda ba'zi futbolchilar qizil kartochka ham olyapti. O'yindan oldin biz bu narsalarni tushuntiramiz, shogirdlarni ogohlantiramiz. Futbolchilarning ruhiy holati bo'yicha ishlaymiz.

Eng muhimi g'alaba qozonish edi. Bugun futbolchilar buni uddalashdi", — dedi Ismoilov.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ