Garnacho "MYu"ning 440 daqiqalik golsiz seriyasiga barham berdi
27 DEKABR, 2023, 10:54
"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho "Aston Villa"ga qarshi APLning 19-tur uchrashuvida dubl qayd etdi.
19 yoshli argentinalik futbolchi 59-daqiqada hisobni 1:2 ga etkazdi va jamoasining 440 daqiqalik golsiz seriyasiga barham berdi.
6 dekabrdan beri ("Chelsi" bilan 2:1) "Manchester Yunayted" keyingi 4 uchrashuvda gol ura olmadi - "Bornmut" bilan 0:3, "Bavariya" bilan 0:1, "Liverpul" bilan 0:0 va "Vest Xem" bilan 0:2.
71-daqiqada futbolchi hisobni tenglashtirdi.
Bu futbolchining "MYu" safida 61 o'yinda urgan 9 va 10-gollaridir. Uning hisobida 6 ta golli uzatma ham bor.