"Qayrat" himoyachisi: "Inter"ning hujumchilari ham xuddi men kabi insonlar"
5 NOYABR, 2025, 21:06
Evropa Chempionlari Ligasi guruh bosqichining 4-tur doirasida bo'lib o'tadigan "Inter" - "Qayrat" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan oldin mehmonlar himoyachisi Egor Sorokin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu qiyin o'yin bo'ladi va biz bunga bor kuchimizni berishimiz kerak. Biz sabrli bo'lishimiz va o'yinni nazorat qilishimiz kerak. Lekin "Inter"ning hujumchilari ham xuddi men kabi insonlar" - dedi Sorokin.
Eslatib o'tamiz, "Inter" - "Qayrat" uchrashuvi bugun tunda, 01:00da boshlanadi.
