Kunde: "Uning muvaffaqiyati meni hayratda qoldirmadi"
13 DEKABR, 2022, 03:02
Frantsiyalik himoyachi Jyul Kunde sobiq jamoadoshi va jahon chempionati yarim finalidagi raqibi haqida gapirdi.
"Bununing muvaffaqiyati meni umuman ajablantirmaydi. Men uning rivojlanishini kuzatdim, u doimo takomillashdi va juda yuqori darajaga chiqdi. Bunu - hamma narsaga qodir darvozabon", - deya frantsiyalik futbolchi Marokash terma jamoasi darvozabonini maqtadi.
JCh-2022 doirasidagi 5 o'yinda Yassin Bunu o'z darvozasidan faqat bitta gol o'tkazib yubordi.