logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:34
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Regragi: "Mashaqqatli mehnat natijasi"

 13 DEKABR, 2022, 00:29

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Valid Regragi jamoasining Qatardagi jahon chempionatidagi muvaffaqiyati haqida yana bir bor gapirdi.

Marokashliklar yarim finalga qadar etib borgan holda jahon chempionatining asosiy sensatsiyasiga aylanib ulgurdi. Final yo'llanmasi uchun kurashda Regragi jamoasi amaldagi chempion – Frantsiya terma jamoasiga qarshi kurashishi kerak bo'ladi.

“Ko'plab futbolchilarimiz jarohat oldi, jamoa manfaati uchun borlarini berdilar, ammo hech kim to'xtamadi va o'ziga achinmadi. Biz aql bovar qilmaydigan kayfiyatni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldik va jahon chempionatining yarim finaliga chiqish mo''jiza emas, balki mashaqqatli jamoaviy mehnat natijasidir", - deya mutaxassis so'zlarini keltiradi Le Matin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR