Kalabriya: "Tottenxem" Evropa darajasida "Milan"dan oldinda
13 DEKABR, 2022, 00:19
"Milan" himoyachisi Davide Kalabriya "Tottenxem" haqida gapirdi. Jamoalar Chempionlar ligasining 1/8 finalida to'qnash keladi.
"Ular Evropa darajasida bizdan oldinda. Lekin biz oldinga intilmoqchimiz va ular bilan uchrashishni intiqlik bilan kutamiz”, dedi Kalabriya Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.
14 fevral kuni Italiyada "Milan" va "Tottenxem" o'rtasidagi Chempionlar ligasi pley-off bosqichining ilk o'yini bo'lib o'tadi. Javob uchrashuvi 8 martga belgilangan.