De Dzerbi "Atalanta"ga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi
5 NOYABR, 2025, 20:12
"Marsel" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi jamoaning Chempionlar Ligasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yini haqida fikr bildirdi.
"Atalanta" har doim kuchli jamoa bo'lgan, hozir ham. Ular bu mavsumda ko'p o'yinlarda mag'lub bo'lishmadi, bundan tashqari, ularda ajoyib o'yinchilar va murabbiy bor. Bu qiyin jang bo'ladi. Hozir bizda jarohat olgan bir nechta futbolchilar bilan muammolar bor, ular tiklanishda davom etmoqda, ammo biz maksimal darajada harakat qilishimiz kerak. Xususan, muxlislarga rahmat, chunki bu erda har doim ehtirosli va o'ziga xos muhit hukm suradi. Bu bosqichdagi har bir keyingi o'yin juda muhim, shuning uchun biz uch ochko olish uchun g'alaba qozonishimiz kerak", dedi murabbiy.
"Marsel" 3 ochko bilan Chempionlar ligasi umumiy jadvalida 22-o'rinda borayotgan bo'lsa, "Atalanta" bir ochko ko'p jamg'argan holda 19-pog'onadan joy olgan.
