logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:15
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Barselona" prezidenti Yamalni qo'llab-quvvatladi

 5 NOYABR, 2025, 19:54

"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaning iqtidorli vingeri Lamin Yamalni qo'llab-quvvatladi.

"Lamin - daho. Men uning tomonidaman, uni to'liq qo'llab-quvvatlayman. U ajoyib yigit va ajoyib futbolchi. Biz unga g'amxo'rlik qilishimiz va uni himoya qilishimiz kerak. Yamalni himoya qilish, yonida bo'lish va qo'llab-quvvatlash bilan bog'liq barcha ishlarni to'liq qo'llab-quvvatlayman. U bor-yo'g'i 18 yoshda va sodir bo'layotgan barcha voqealarga dosh berish unga oson emas.

Biz unga tushunish bilan munosabatda bo'lishimiz kerak. Unda pubalgiya bor edi, bu esa bir kechada davolanmaydi. U juda tirishqoqlik bilan ishlaydi va hurmatga loyiq", - deya Laportaning so'zlarini keltiradi Goal portali.

Chorshanba kuni "Barselona" Chempionlar ligasi doirasida "Bryugge" mehmoni bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ