logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:11
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

"Aston Villa" sardori bilan shartnomani uzaytirdi

 5 NOYABR, 2025, 19:24

"Aston Villa" matbuot xizmati muxlislarni yangilik bilan xursand qildi - markaziy yarim himoyachi va jamoa sardori Jon Makginn klub bilan yangi mehnat shartnomasini imzoladi. Bu haqdagi ma'lumot berminhemliklar rasmiy saytida paydo bo'ldi.

Etti yildan buyon "Aston Villa" sharafini himoya qilayotgan 31 yoshli futbolchi 2028 yilning yozigacha klubda qoladigan bo'ldi.

Joriy mavsumda shotlandiyalik xavbek barcha musobaqalarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

"Aston Villa" Angliya chempionatining 10-turidan keyin 15 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 11-o'rinda bormoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ