Mourino: "Nyukasl"dan uchralgan mag'lubiyatni yaxshi qabul qildik"
5 NOYABR, 2025, 19:24
Portugaliyaning "Benfika" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino Germaniyaning "Bayer" klubiga qarshi o'yin munosabati bilan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Biz jadvalda kurashyapmiz, ular ham. Bu biz uchun muhim o'yin. Agar biz uni yutmasak, hammasi ancha murakkablashadi. "Nyukasl"dan uchralgan mag'lubiyatga yaxshi munosabatda bo'ldik - ketma-ket 3 o'yinda g'alaba qozondik, yaxshi o'ynadik, gol urdik, gol o'tkazmadik", - deya murabbiyning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
"Benfika" 0 ochko bilan 35-o'rinda bormoqda, "Bayer" 2 ochko jamg'arib, 29-pog'onani band etgan.
