logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Новостная лента

Kompani: "Liverpul" - top jamoa"

 27 DEKABR, 2023, 09:18

"Byornli" bosh murabbiyi Vensan Kompani APL 19-turi doirasidagi o'z maydonida "Liverpul"dan 0:2 hisobida uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

"Bu top jamoa. Ularning kuchli tomonlari va mumkin bo'lgan variantlari ko'p. O'ylaymanki, ularning shiddati men ularga qarshi futbolchi sifatida o'ynagan paytlarimga borib taqaladi. Yaqin tarixga kelsak, ular o'sha paytda eng yaxshi holatda edilar va buning qaytib kelishini ko'rishingiz mumkin", - dedi Kompani "Byornli" rasmiy saytiga.

Angliya Premer-ligasining 19-turidan o'rin olgan "Byornli" – "Liverpul" uchrashuvi 6-daqiqada Darvin Nunes va 90-daqiqada Diogo Jotaning gollari evaziga mehmonlarning 2:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Bu muvaffaqiyat “qizillar”ga turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilish imkonini berdi.

37 yoshli "Byornli" bosh murabbiyi Vensan Kompani futbolchilik faoliyati davomida 2008 yilning avgustidan 2019 yilning iyuligacha "Manchester Siti"da o'ynagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ