"Barselona" prezidenti Flikning kelajagi haqida fikr bildirdi
5 NOYABR, 2025, 18:24
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaning bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning kelajagi haqidagi savolga javob berdi.
"Men aniq bilamanki, u bu erda, "Barsa"da juda baxtli. U bizning "Kamp Nou" stadioniga qaytishimizdan va shunday ulkan stadionga ega bo'lgan klubga murabbiylik qilayotganidan g'oyat ruhlangan," deya ta'kidladi Laporta.
