Ronaldo: "Mourino, Anchelottilar Braziliya terma jamoasiga katta foyda olib keladi"
12 DEKABR, 2022, 20:48
Braziliyalik sobiq hujumchisi Ronaldo terma jamoaga munosib bo'lgan murabbiylarni nomladi.
JCh-2022dan keyin Tite bosh murabbiylik lavozimini tark etdi.
"Terma jamoaga foyda berishi mumkin bo'lgan juda ko'p ajoyib odamlar bor.
Anchelotti, "Palmeyras" ustozi Abel Ferreyra, "Roma" bosh murabbiyi Mourino - barchasi ajoyib mutaxassislar. Lekin hammasining amaldagi shartnomalari bor.
Federatsiya nima qilmoqchi ekanini bilmayman, lekin mening fikrimcha, u xorijlik foydasiga tanlov qiladi", - dedi Ronaldo.