Levandovski kelajagi haqida gapirdi
5 NOYABR, 2025, 17:30
"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski kelajagi haqida fikr bildirdi.
37 yoshli polyakning "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasi kelasi yil yozda yakunlanadi.
"Kelajagim haqida gapiradigan bo'lsak… Men hech qaerga shoshilmayapman. Eng muhimi — hozirgi his-tuyg'ularim. Kelajak haqida o'ylamayman, hayotda har narsa bo'lishi mumkin, lekin men juda baxtliman va butunlay shu mavsum, gollar va g'alabalarga e'tibor qaratganman", - dedi Robert "Bryugge"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida.
