Arteta: "Uning "Arsenal" futbolchisi ekanligi - haqiqiy baxt"
5 NOYABR, 2025, 17:24
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa yarim himoyachisi Mikel Merino haqida iliq fikr bildirdi va uning ko'p qirrali o'yinini alohida ta'kidladi.
Ispaniyalik xavbek "Slaviya"ga qarshi EChL o'yinida (3:0) dubl muallifi bo'ldi.
“Merino jamoada bo'lishi — haqiqiy baxt. Uning maydondagi universalligi, mentaliteti, etakchilik fazilatlari va inson sifatidagi munosabati men uchun juda muhim”, — dedi Arteta.
Murabbiy shuningdek, Merinoning Chempionlar ligasidagi ajoyib o'yini haqida ham to'xtalib o'tdi:
“U Chempionlar ligasi bahsida hujumchi sifatida maydonga tushdi — bu umuman uning pozitsiyasi emas. Lekin u ikki gol urdi. Bu — haqiqiy professionallik namunasi.”
Arteta ta'kidlashicha, Merinoning jamoaga ta'siri nafaqat o'yin sifatida, balki ruhiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega.
