logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Rodrigo qishdayoq "Real"dan ketib qolishi mumkin

 5 NOYABR, 2025, 17:00

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo qishki transfer oynasida jamoani tark etishni rejalashtirmoqda.

GiveMeSport xabariga ko'ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchi o'yin amaliyoti kamligidan norozi bo'lib, ko'proq maydonga tushish imkoniyatini izlamoqda. Unga Angliya Premer-ligasi klublari — “Arsenal” va “Tottenxem” jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Garchi bosh murabbiy Xabi Alonso omma oldida Rodrigoni “hali ham jamoa uchun muhim futbolchi” deb ta'kidlagan bo'lsa-da, amalda vaziyat boshqacha.

Rodrigo bu mavsumda jami 12 ta o'yinda 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. U maydonda 348 daqiqa harakat qildi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ