Ronaldo: "Mbappe mendan tezkorroq"
12 DEKABR, 2022, 20:11
Ronaldo Kilian Mbappening o'yinini yuqori baholadi.
"Mbappe juda yaxshi. U qat'iyatli, aql bovar qilmaydigan jismoniy va texnik fazilatlarga ega, men hatto u dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanishiga ishonaman. Boshqa o'yinchilar tezkor, lekin u ulardan ham tezroq...
U o'ynaganida mening futbolchilik paytimni biroz eslatib yuboradi. U o'z mahoratini pas berish yoki gol urish uchun qanday ishlatishni va boshqalardan tezroq bo'lishni biladi", - dedi braziliyalik sobiq futbolchi.
Ayni damda Kilian Mbappe JCh-2022ning eng yaxshi to'purari va "gol+pas" tizimida to'plangan ochkolar bo'yicha etakchi hisoblanadi. Hujumchi hisobida 5 ta gol va 2 ta golli uzatma bor.