Soboslai: "Virtsning o'yinini alohida ta'kidlamoqchiman"
5 NOYABR, 2025, 16:42
"Liverpul" yarim himoyachisi Dominik Soboslai jamoadoshi Florian Virtsning Chempionlar ligasida "Real"ga qarshi kechgan o'yindagi (1:0) harakatlari haqida fikr bildirdi.
"Floryan Virtsni alohida ta'kidlab o'tmoqchiman. Uning qanday o'yin ko'rsatganiga e'tibor qarating! U shunchaki borini bermoqda, to'plarni olib qo'ymoqda, ortga qaytmoqda, imkoniyatlar yaratmoqda. Men uning ajoyib uzatmasini ko'kka sovurganim uchun uzr so'rayman", - dedi Soboslai CBS telekanaliga.
Eslatib o'tamiz, yozgi transfer oynasida "Liverpul" 22 yoshli Virtsni 125 million evroga sotib olgan edi. Mersisaydliklar safida u hozircha birorta gol urmadi, ammo barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
