logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Musialaning maydonga qaytish vaqti ortga surilishi mumkin

 5 NOYABR, 2025, 16:24

"Bavariya" hujumkor yarim himoyachisi Jamal Musiala yozda olgan og'ir jarohatidan tiklanishda davom etmoqda.

Dastlab 22 yoshli futbolchi yil oxirida maydonga qaytishi mumkinligi taxmin qilingandi, ammo Myunxen klubi ortiqcha tavakkalchilikka yo'l qo'ymaslik uchun yosh yulduzni shoshiltirmoqchi emas. Jurnalistlar Tobi Altsheffl va Kristian Falk xabariga ko'ra, "Bavariya" Musiala qaytadigan aniq sanani belgilamagan. Bu bilan yanvargacha kutishga to'g'ri kelishi ehtimoldan xoli emas. Tibbiyot va murabbiylar shtabi uchun eng muhimi - futbolchi mavsumning hal qiluvchi bosqichiga optimal formada kelishi, keyin esa jahon chempionatida ishtirok etishi uchun hamma narsani qilish.

Eslatib o'tamiz, Jamol Musiala darvozabon Janluiji Donnarumma bilan to'qnashuvdan so'ng kichik boldir suyagidan jarohat olgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ