SHin reytingda o'zidan 1118 pog'ona quyidagi tennischiga yutqazib qo'yishiga bir bahya qoldi
5 NOYABR, 2025, 16:16
Turkiyaning Antaliya shahrida tennis bo'yicha M15 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.Musobaqada hamyurtimiz Maksim SHin ham o'z imkoniyatini sinab ko'ryapti. Mamlakatimizning uchinchi raketkasi 1/16 final uchrashuvida italiyalik Andrea Mottani qiyinchilik bilan mag'lubiyatga uchratdi - 5/7, 6/2, 7/6(6). Hal qiluvchi uchinchi setda SHin 1/4 hisobida ortda borayotgandi.
Taqqoslash uchun, Maksim SHin ATP reytingida 987, Andrea Motta esa 2168-o'rinni egallab turibdi. Ertaga hamyurtimiz 1/8 finalda turnirning oltinchi raketkasi ruminiyalik Adrian Andreeskuga qarshi kortga chiqadi. Dunyonng 550-raketkasi bo'lib turgan Andreesku bugun 1/16 finalda vatandoshi Daniel Utani 6/4, 2/6, 7/6(5) hisobida taslim etdi.

Manba: olamsport.com
