logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ronaldo: "Argentina JCh g'olibligini qo'lga kiritiadi desam, yolg'on bo'ladi"

 12 DEKABR, 2022, 18:29

Braziliyalik sobiq hujumchi Ronaldo Argentina terma jamoasining Qatarda bo'lib o'tayotgan 2022 yilgi jahon chempionatida g'alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi.

"Jahon chempionatini maydondagi o'yini bilan bunga loyiq bo'lgan kishi yutadi. Argentina unchalik yaxshi o'ynamaydi, lekin ularda ishtiyoq juda ko'p, ular ko'p yugurishadi, yurakdan o'ynashadi... Va ularda vaziyatlarni hal qiladigan Messi bor.

Argentina jahon chempioni bo'lishi mumkinmi? Rostini aytaman. Argentina g'alaba qozonadi deb ayta olmayman, bu yolg'on bo'ladi", - dedi Ronaldo Marca bilan suhbatda.

Argentina terma jamoasi Polsha va Niderlandiyani mag'lub etib, Qatarda bo'lib o'tayotgan jahon chempionatining yarim finaliga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Yarim finalda argentinaliklar Xorvatiya termasi bilan to'qnash kelishadi, o'yin 14 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR