logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Fabritsio Romano: de Rossi A Seriya klubiga murabbiy bo'ladi

 5 NOYABR, 2025, 16:06

"Roma"ning sobiq ustozi Daniele de Rossi Italiyaning "Jenoa" klubi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 42 yoshli mutaxassis bugun Milanda "Jenoa" rahbariyati bilan uchrashib, kelishuvga erishadi. Avvalroq de Rossi "Roma" va SPALni boshqargan, ammo hech qaerda 8 oydan ortiq ishlay olmagan.

O'n turdan so'ng "Jenoa" Italiya chempionatining xavfli zonasiga tushib qoldi va turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida jami olti ochko bor.

9 noyabr kuni "Jenoa" o'z maydonida "Fiorentina"ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ