logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:06
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Inter" kanadalik futbolchini 10 million evro evaziga sotib oladi

 27 DEKABR, 2023, 07:54

Teydjon Byukenen "Inter"ga o'tadi.

Oldinroq Milan klubi Axilles tendonidagi operatsiyadan keyin uch oyga safdan chiqqan Xuan Kuadradoning o'rniga "Bryugge" futbolchisi bilan shartnoma imzolamoqchi ekanligi ma'lum bo'lgandi.

Jurnalist Sasha Tavolerining so'zlariga ko'ra, klublar kelishuvni yakunlash arafasida – “neradzurrilar” taxminan 10 million evro to'laydi. Bonus to'lovlari ham taqdim etiladi.

Futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda.

Belgiya chempionatining joriy mavsumida Byukenen 12 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR