Kesse "Barselona"ning umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytdi
12 DEKABR, 2022, 17:57
Frank Kesse "Barselona"ning umumiy guruhiga qaytdi.
"Barselona"ning dushanba kuni ertalabki mashg'ulotida noyabr oyi boshida jarohat olgan Kesse qolgan futbolchilar bilan birga mashq qildi. U jarohatidan to'liq forig' bo'ldi va tanaffusdan so'ng maydonga tushishga tayyor bo'ladi.
JCh-2022da o'ynagan futbolchilar keyinroq jamoaga qo'shilishadi. Shu tariqa, Andreas Kristensen chorshanba kuni mashg'ulotlarga qaytadi, Mark-Andre ter Shtegen hafta oxirida, keyingi haftadan esa Ispaniya terma jamoasi futbolchilari safga qo'shiladi.
“Barselona” tanaffusdan keyingi ilk o'yinini 31 dekabr kuni “Espanol”ga qarshi o'tkazadi.