logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Alonso "Real"ga "Liverpul"ga qarshi o'yinda nima etishmaganini aytdi

 5 NOYABR, 2025, 14:18

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning Chempionlar ligasi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyati sabablari haqida gapirdi.

Umumiy bosqichning 4-turidan o'rin olgan bellashuv safarda "qaymoqranglilar"ning 0:1 hisobidagi mag'lubiyati bilan yakunlandi.

"Bizga intensivlik etishmadi deb o'ylamayman. Yaxshi kurashdik, qiyin o'yin bo'ldi. Jamoaga ta'na qiladigan joyim yo'q. Bizga faqat aniqlik etishmadi", - deya Alonsoning so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Ayni paytda "Real" Chempionlar Ligasi turnir jadvalida 9 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda. "Qaymoqranglilar" keyingi turda "Olimpiakos" mehmoni bo'ladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ