«Tottenxem» futbolchisiga qurol bilan hujum qilishdi
5 NOYABR, 2025, 13:42
Londonning "Tottenxem" klubi himoyachisi Destini Udoji tungi vaqtda hujumga uchradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, bu oktyabr oyida sodir bo'lgan. Tungi hodisa paytida futbolchiga to'pponcha bilan tahdid qilishgan. Tafsilotlar oshkor etilmayapti, ammo hozirda politsiya tergov olib borayotgani va allaqachon 31 yoshli futbol agentini qo'lga olgani ma'lum. O'z navbatida "Tottenxem" ham bu vaziyatda Udojini qo'llab-quvvatlamoqda.
Joriy mavsumda 22 yoshli italiyalik futbolchi barcha musobaqalarda o'nta o'yinda maydonga tushdi.
