logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:16
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

O'zbekiston FIFA reytingida 27-o'rinda bormoqda

 5 NOYABR, 2025, 13:36

Xalqaro futbol federatsiyalari uyushmasi – FIFA futzal bo'yicha Jahon reytingini har oyning 20 sanasida yangilab boradi. 2025 yilning oktyabr oyiga ko'ra reytingni hamon amaldagi Jahon chempioni – Braziliya terma jamoasi boshqarib bormoqda. Kuchli o'ntalikdan Ispaniya, Argentina, Portugaliya, Rossiya, Eron, Qozog'iston, Ukraina, Marokash hamda Italiya terma jamoalari o'rin egallashgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi bu ro'yxatning 27-pog'onasidan joy olgan.

Osiyo qit'asi mamlakatlari orasida Eron Islom Respublikasidan tashqari bizdan yuqorida borayotgan orasida Yaponiya (14) va Tailand (18) mamlakatlari terma jamoalari bor.

Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida esa Rossiya (5), Qozog'iston (7), Ukraina (8), Gruziya (20), Belarus (22), Ozarbayjon (24) mamlakatlaridan keyin 7-o'rinni egallab turibmiz. Endi KAFAga kiruvchi mamlakatlarning ko'rsatkichlariga nazar tashlaymiz: Eron (6), O'zbekiston (27), Qirg'iziston (46), Tojikiston (57), Turkmaniston (68), Afg'oniston (72).

Mazkur ko'rsatkichlar noyabr oyida birmuncha o'zgarishlarga uchrashi kutilmoqda.




Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ