"Everton" hujumchisi qishda ketishi mumkin
12 DEKABR, 2022, 16:42
"Everton"ning venesuelalik hujumchisi Salomon Rondon keyingi transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin, deb xabar beradi The Sun nashri.
Qayd etilishicha, 33 yoshli futbolchi bosh murabbiy Frenk Lempardning rejalariga kiritilmagan, u uni yoshlar jamoasi bilan mashg'ulotlarga yuborishi mumkin.
Rondon "Everton" jamoasining so'nggi bir necha o'yinlarida qaydnomaga kiritilmadi. Joriy mavsumda "irislar" safida hujumchi bor-yo'g'i 8ta o'yinda maydonga tushdi.