logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Trent "Liverpul" muxlislaridan xafa bo'ldi

 5 NOYABR, 2025, 12:24

Madridning "Real" klubi o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold "Enfild" muxlislari tomonidan kutib olinganidan hafsalasi pir bo'ldi.

Seshanba kuni "Liverpul" o'z maydonida "qaymoqranglilar"ni qabul qildi. "Qizillar" muxlislari o'yin boshlanishidan oldin ham, 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Trentga hushtakbozlik qilishdi. Indykaila News xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi tribunadagilarning bunday munosabatidan hafsalasi pir bo'lgan - u o'zi uchun qadrdon bo'lgan klub muxlislaridan iliqroq munosabat kutgan.

Aleksander-Arnold faoliyatining boshidan joriy yilning iyunigacha "Liverpul" sharafini himoya qildi va shundan so'ng "Real"ga o'tdi. Mersisaydliklarning ko'plab muxlislari haligacha mahalliy tarbiyalanuvchidan xafa bo'lib yurishibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ