Depayga APLdan taklif bor
12 DEKABR, 2022, 16:29
"Barselona" hujumchisi Memfis Depayga Angliyaning "Vest Xem" klubi qiziqish bildirmoqda.
Sky Sports xabariga ko'ra, inglizlar hujumchining transfer imkoni borasida "Barselona"ga aloqaga chiqishgan. Xabarlarga ko'ra, "Barsa" direktori Jordi Kroyffning Depay klubda qolishi haqidagi gaplariga qaramay, klubdagilar futbolchiga ishonch bildirmayapti.
Memfisning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2023 yil yozda yakunlanadi.