"Chelsi" Mukokoga taklif bilan chiqmoqchi
12 DEKABR, 2022, 16:17
"Chelsi" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Yusuf Mukokoga qiziqish bildirmoqda.
The Athletic xabariga ko'ra, London klubi 18 yoshli hujumchini transfer qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda.
Kuzatuv hali yakunlangani yo'q, ammo Premer-liganing boshqa klublari "Chelsi"ning Mukoko bo'yicha muzokaralari yuqori bosqichga chiqqaniga ishonishadi. Vaziyatga hujumchi Armando Broyyaning kecha "Chelsi"ning "Aston Villa"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida olgan jarohati ta'sir qilishi mumkin. 21 yoshli futbolchini maydondan zambilda olib ketishdi.
Mukokoning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida yakuniga etadi. Hozirda "Chelsi" hujumchining yozda tekinga transferi borasida muzokaralar olib borishga harakat qilmoqda, ammo transfer qishda ham amalga oshishi mumkin.
Mukoko joriy mavsumda Bundesliganing 12 o'yinida 6 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.