logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:10
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

SHaxmatchilarimiz Jahon kubogining ikkinchi bosqich birinchi turida qanday natija qayd etishdi?

 5 NOYABR, 2025, 11:48

Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogi bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi qatnashayotgan nufuzli musobaqaning 1/64 final bosqichida ilk uchrashuvlar o'tkazildi. To'rt nafar grossmeysterimizdan birgina Javohir Sindarov o'z partiyasida g'alabaga erishdi. U qora donalarda chernogoriyalik Nikita Petrovni mag'lubiyatga uchratib, javob bahsi oldidan yaxshigina imkoniyatga ega bo'lib oldi. Bugun u oq donalarda kamida durang natija qayd etsa ham keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritadi. 

Qolgan uch shaxmatchimiz - Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubbaev va SHamsiddin Vohidov ilk uchrashuvda qora donalarda o'ynab, raqiblari durangga rozi bo'lishdi. Vohidov o'z ishtirokini 1/128 final bosqichidan boshlagandi. Bu bosqichda Muhammadzohid Suyarov ozarbayjonlik grossmeysterga yutqazgan bo'lsa, SHamsiddin Voxidov g'alabaga erishgandi. 

Grossmeysterlarimizning 1/64 final ilk uchrashuvdagi natijalari: 

Nodirbek Abdusattorov - Denis Maxnev (Qozog'iston) - 0,5:0,5

Javohir Sindarov - Nikita Petrov (CHernogoriya) - 1:0

Nodirbek Yakubboev - Niklas Xashimbent (Germaniya) - 0,5:0,5

SHamsiddin Vohidov - Maksim CHigaev (Ispaniya) - 0,5:0,5


O'yinlar klassik shaxmat yo'nalishida ikkita partiyadan iborat. Ikki o'yin yakuniga ko'ra zafar quchgan shaxmatchi keyingi bosqichga yo'l oladi. Agar kuchlar teng kelib qolsa, bugunning o'zida shaxmatchilar o'rtasida tay-brek tashkil etiladi. Bugungi ikkinchi partiya uchrashuvlari bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ