"Barselona" Marokash termasi yarim himoyachisini sotib olishi mumkin
12 DEKABR, 2022, 14:08
"Barselona" Marokash va "Anje" klubi yarim himoyachisi Azzedin Unaiga qiziqish bildirmoqda.
Mundo Deportivo xabariga ko'ra, Kataloniya klubi qishda yarim himoya markazini kuchaytirmoqchi. “Manchester Siti”dan Bernardu Silva va Ilkay Gyundogan yaxshi variantlar edi, ammo moliyaviy muammolar tufayli “Barselona” ularning birortasini ham qo'lga kiritishga qurbi etmaydi.
Shu munosabat bilan "ko'k-anorranglilar" Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Azzedin Unaiga qiziqish bildirishdi. 22 yoshli futbolchi Kataloniya klubini juda yaxshi ko'radi. "Barselona" ham transferga xayrixoh, chunki uning kelishuvi arzon bo'ladi. Klub shuningdek Unaida katta salohiyat bor deb hisoblamoqda.
"Barselona" jahon chempionatidagi yaxshi o'yin boshqa klublardan Azzedinga qiziqishni kuchaytirishini tushunadi, ammo qishda uni qo'lga kiritishga harakat qiladi.