"Bavariya" Livakovichga qiziqqani yo'q
12 DEKABR, 2022, 13:58
"Bavariya" Zagrebning "Dinamo"si va Xorvatiya terma jamoasi darvozaboni Dominik Livakovich transferini muhokama qilmayapti, deb xabar beradi Bild.
Oldinroq insayder Nikolo Skira myunxenliklar qiziqishlari haqida ma'lum qilgandi. "Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer oyog'ini sindirib oldi va mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.
27 yoshli Livakovich 2022/2023 yilgi mavsumda “Dinamo” safida 28 ta o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 35 ta gol o'tkazib yuborgan va 4 marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Xorvatiya terma jamoasi Livakovich bilan JCh-2022 pley-off bosqichida ikkita o'yinda penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.