logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Kimmix "Bavariya" tarixiga kirdi

 5 NOYABR, 2025, 11:30

UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqich 4-turi doirasida Myunxenning "Bavariya" klubi safarda Frantsiyaning "PSJ" klubini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Ushbu uchrashuvda yarim himoyachi Yozua Kimmix ham ishtirok etdi. Germaniyalik xavbek uchun o'tgan o'yin Chempionlar ligasi doirasidagi 100-o'yin bo'ldi. U "Bavariya" tarixida nufuzli klub musobaqasida 100 ta o'yin o'tkazgan beshinchi futbolchi bo'ldi.

Bungacha Manuel Noyer, Filipp Lam, Oliver Kan va Tomas Myuller bunga erishgandi. Eslatib o'tamiz, Myunxen grandi Chempionlar Ligasi-2025/2026 yilgi mavsumining umumiy bosqichida ketma-ket to'rtta bahsda g'alaba qozongan.

Vensan Kompani jamoasiga keyingi turda Londonning "Arsenal" klubi raqiblik qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ