logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:20
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

WTA Finals. Sobolenko ikkinchi uchrashuvida ham zafar quchdi + FOTO

 5 NOYABR, 2025, 10:00

Dunyoning birinchi raketkasi Arina Sobolenko Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o'tkazilayotgan WTA Yakuniy turniridagi muvaffaqiyatli odimini davom ettirmoqda.

Belaruslik tennis malikasi SHteffi Graf nomidagi guruhning ikkinchi uchrashuvida ham g'alaba qozondi. Arina WTA reytingida beshinchi o'rinni egallab turgan amerikalik Jessika Peguladan uch set natijasiga ko'ra ustun keldi - 6/4, 2/6, 6/3. Tennischilarning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob Sobolenko foydasiga yanada yiriklashdi - 9:3. 

Ikki soatu to'rt daqiqa davom etgan bahsda Sobolenko 4, Pegula 3 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Qo'shxatolar Arinada uch barobar ko'proq bo'ldi - 6 ga 2. Breyklar bo'yicha esa mutlaqo tenglik kuzatildi - 4 tadan. Arina ikki g'alaba evaziga guruhda peshqadamlik qilmoqda. Pegula 1 g'alaba va 1 mag'lubiyat bilan ikkinchi pog'onadan joy olgan. 







Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ