logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 14:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Dzyudochilarimiz Ar-Riyodni zabt etish uchun VI Islom Birdamligi o'yinlariga jo'nab ketishdi + FOTOREPORTAJ

 5 NOYABR, 2025, 09:32

Xabar berganimizdek, 7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida Islom Birdamligi o'yinlari bo'lib o'tadi.

Kopmleks musobaqa dasturidan dzyudo bahslari ham o'rin olgan bo'lib, unda yurtimiz sharafini himoya qiluvchi terma jamoamiz Saudiya Arabistoniga yo'l oldi. Dzyudo bahslari 8-10 noyabr kunlari bo'lib o'tadi. 

Malumot uchun, uch yil avval Turkiyaning Konya shahrida o'tkazilgan V Islom Birdamligi o'yinlarida dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza, jami 13 ta medal bilan dunyoning 56 ishtirokchi davlati orasida umumjamoa hisobida 1-o'rinni egallagan edi. Bu bilan dzyudo terma jamoamiz O'zbekiston sport delegaciyasining yakunda ikkinchi o'rinni band etishiga katta xissa qo'shgandi.


Islom Birdamligi o'yinlariga yo'l olgan delegaciya: 

-66 kg: Zamohshari Bekmurodov

-73 kg: SHahram Ahadov

-90 kg: SHahzod SHaripov

+100 kg: Alisher Yusupov

+100 kg: Muzaffarbek To'raboev


AYOLLAR

-48 kg: Laziza Haydarova

-52 kg: Muhayyo Axmatova

-57 kg: SHukurjon Aminova

-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva

-78 kg: Marjona Ko'chimova

+78 kg: Umida Nig'matova

+78 kg: Irisxon Qurbonboeva


Murabbiylar — Aleksey Budolin, Andrey SHturbabin, Rahim Subxonov, Aziz Tashmatov

SHifokor — Aziz Qayumov

Massajchi — Javlon Hasanov 

Psixolog — Lola Agzamova


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">


























Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ