logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Asablarni tinchlantiruvchi Yostiq!
Новостная лента

Bellingem "Liverpul" muxlislarining Trentga nisbatan hushtakbozligiga munosabat bildirdi

 5 NOYABR, 2025, 09:18

Madridning "Real" klubi o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold Chempionlar ligasi o'yinida "Enfild" tomoshabinlari tomonidan unchalik iliq kutib olinmadi.

"Liverpul" muxlislari 27 yoshli futbolchini o'yinoldi chigalyozdi mashg'ulotida, shuningdek, 81-daqiqada zaxiradan maydonga tushganida hushtakbozlik qilishgan. Uchrashuv "qizillar"ning minimal hisobdagi g'alabasi bilan yakunlandi.

"Liverpul" muxlislarining hushtakbozligi ularning Trentga bo'lgan haqiqiy munosabatini aks ettirmaydi. Ular shunchaki uni chalg'itmoqchi bo'lishdi. Ishonchim komilki, muxlislar uning o'z klubi uchun qilgan ishlarini qadrlashadi. U "Liverpul"ni juda yaxshi ko'radi - buni u bilan suhbatlardan juda yaxshi bilaman," - dedi "Real" xavbeki Jud Bellingem o'yindan keyingi intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Aleksander-Arnold joriy yilning iyun oyida o'zi uchun qadrdon bo'lgan "Liverpul"ni "qirollik klubi"ga almashtirgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ