logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:18
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Milan" o'z futbolchisini muddatdan oldin qaytarib oladi

 26 DEKABR, 2023, 16:36

Himoyachi Matteo Gabbia ijara asosida o'ynagan "Vilyarreal"ni erta tark etadi. Bu haqda insayder Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.

"Vilyarreal" futbolchini yana "Milan"ga qo'yib yuborishga tayyor. Endi tomonlar ijara shartnomasini buzish masalasida kelishib olishlari kerak. "Rossonerilar" bir nechta himoyachilar jarohati tufayli Gabbiani qaytarishga qaror qilishdi.

24 yoshli Gabbiya Ispaniya chempionatida joriy mavsumda ettita o'yin o'tkazib, ikkita sariq kartochka oldi. Italiya chempionatining 17-turidan so'ng “Milan” 33 ochko jamg'arib, turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR