Kvaratsxeliya "PSJ"ning "Bavariya"ga mag'lubiyatidan so'ng intervyu berdi
5 NOYABR, 2025, 08:54
"PSJ" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasida "Bavariya"ga (1:2) qarshi o'yindagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.
Nemis grandi butun ikkinchi bo'limni bir kishi kam bo'lib o'tkazib, Parijda g'alaba qozondi.
"Bavariya" juda kuchli. Raqibimiz o'n kishi bo'lib qolganida ham yaxshi himoyalandi. Bizda golli vaziyatlar bo'ldi, ammo bu etarli bo'lmadi. Oldinda uzoq mavsum turibdi," - deya Kvaratsxeliyaning so'zlarini keltiradi jurnalist Kerri Xau.
"Bavariya"ga g'alabani Luis Diasning dubli keltirdi, u birinchi bo'lim oxirida maydondan chetlatildi. Tanaffusdan keyin parijliklar safida Joau Nevesh gol urdi.
