logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:31
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Chelsi" ham argentinalik yosh futbolchi uchun kurashga qo'shildi

 26 DEKABR, 2023, 14:24

Sky Sport nashrining xabariga ko'ra, "Manchester Siti"dan tashqari "River Pleyt" yarim himoyachisi Klaudio Echeverrini "Chelsi" ham o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Manbaga ko'ra, londonliklar qishki transfer oynasida 17 yoshli argentinalik futbolchining transferini talab qilishda davom etishmoqda. Ular Echeverrini sotib olib, Evropa futboliga moslashish uchun "Strasburg"ga ijaraga berishni kutishmoqda.

"Manchester Siti" o'z navbatida yarim himoyachini qo'lga kiritish ustida ishlashda davom etmoqda va uni "River Pleyt"da ijarada saqlab qolishni kutmoqda.

"River Pleyt" hali hech kimdan Echeverri borasida birorta ham rasmiy taklif olgani yo'q. Argentinaliklar o'z futbolchisini 25 million evrodan kamiga qo'yib yuborishga tayyor emaslar.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR